Internetda pul topish usullari

Ushbu maqolamizda internetda pul topish, uning usullari va qiyinchiliklari haqida so’z yurutamiz. Internet orqali pul topish usullari juda ko’p, lekin har birining o’ziga yarasha talablari va qiyinchiliklari mavjud.

O’zi internetda pul topsa bo’ladimi yoki bu odamlar tomonidan o’ylab topilgan afsonami?

Ko’pchilik internetda pul topish mumkunligiga kuchli shubha bildiradi va bu bir tomondan to’g’ri, biror sohada mutaxassis bo’lmasdan turib internetda ko’p pul topish deyarli imkonsiz, lekin shunga qaramasdan imkoniyatlar mavjud. Internetda ham real hayotdagi kabi yuqori malakali mutaxassislarga talab kuchli va topadigan pulingiz ham aynan malakangizga bog’liq.

Internetda pul topishni boshlash uchun boshlang’ich mablag’ bo’lishi shartmi?

Internetda pul topish uchun odatda boshlang’ich mablag’ talab etilmaydi. Agar sizga internetda pul topishni taklif qilishsa va oldindan qandaydir to’lovlarni amalga oshirishni so’rashsa, ko’p holatlarda bu firibgarlarning nayrangi bo’lib chiqadi. Shuning uchun internetda to’lovni amalga oshirishdan oldin yetti o’chab bir kesishni maslahat bergan bo’lardim.

 

Internetda pul topishning usullari

  1. Hech qanday bilim va malaka talab etilmaydigan va shu boisdan ham nisbatan kamroq pul topish usuli.
    1. VKtarget  – ijtimoiy tarmoqlar orqali pul topish (Вконтакте, Facebook, Instagram, Youtube, Twitter). Guruhlarga qo’shilish, layk bosish, do’stlaringiz bilan bo’lishish va shunga o’xshagan harakatlar uchun.
    2. Mobil telefon orqali pul topish – video ko’rish, dasturlarni telefoningizga o’rnatish( AdvertAppAppCentPayForInstall vhz.)
    3. МоеМнение ва Анкетка – pullik so’rovnomalarda qatnashish, pul va bonuslar to’plash, bonuslarni keyinchalik sovg’a yoki pul ko’rinishda olish.
    4. work-zilla.com – turli ishlar taklif qilinadigan frilans birjasi, quyida ushbu birjada qilish mumkun bo’lgan ishlardan ba’zilarini ko’rsatib o’taman:
      1. Sayt uchun banner, logotip va boshqa media fayllar yaratish;
      2. Internetda ma’lumot qidirish;
      3. Internetda e’lon joylashtirish, komment qoldirish, fikr bildirish vhz;
      4. Internet do’konni maxsulotlar bilan to’ldirish;
      5. Elektron xatlarni ko’pchilikka tarqatish;
      6. Prezentatsiyalar yaratish.
    5. https://rucaptcha.com – ko’pchilik saytlarda biror ma’lumot qoldirishdan oldin «rasmdagi matnni kiriting» degan shart chiqadi, ushbu rasm sizning haqiqiy foydalanuvchi ekaningizni aniqlash uchun ishlatiladi, ana shunday rasmlar «kaptcha» yoki «antibot» deyiladi. rucaptcha.com sayti  sizga ana shunday rasmdagi yozuvni matn ko’rinishiga keltirganingiz uchun pul to’laydi (1.5 – rasmga qarang).
      1.5 - rasm. "captcha" ning ko'rinish.
      1.5 – rasm. «captcha» ning ko’rinish.

       

  2. Buyurtma bo’yicha maqolalar yozish (рус. тилида «копирайтинг») va rerayting (mavjud maqolani o’z so’zlaringiz bilan qayta yozish) – ushbu usul orqali yuqoridagi usulga qaraganda ko’proq pul ishlab olish mumkun. Maqola kimga va nega kerak? Maqola buyurtmachilariga o’z maxsuloti yoki xizmati haqida sifatli yozilgan maqola juda ham zarur, maqola orqali ular o’zlarining maxsulotlarini, xizmatlarini yoki tashkilotlarini keng ommaga tanishtirish uchun kerak bo’ladi, ular ushbu maqolani internetga joylashtirishadi va yangi haridorlarni turli xil qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Bing, Yahoo vhz.) orqali jalb qilishadi.

    Buyurtmachilarni qayerdan topsa bo’ladi?

    buyurtmachilar va maqola yozuvchilar yig’iladigan maxsus saytlar mavjud, quyida ularning bir nechtasini sanab o’tamiz:

      1. etxt.ru – ushbu birjada asosan rus tilidagi maqolalarga talab kuchli;
      2. text.ru – ushbu birjada ham siz maqolaga buyurtmachilar topshingiz mumkun;
      3. advego.com – ushbu birja orqali nafaqat maqola yozish orqali balki forumlardagi va ijtimoiy tarmoqlardagi mulohazalarda qatnashish va shunga o’xshash ishlar uchun pul olishingiz mumkun;
      4. turbotext.ru – maqolalar birjasi.

ko’p va doimiy mablag’ topish uchun – ko’p ishlashga to’g’ri keladi. Tanaffus qilish fikri tug’ulishi bilan bu pul kelishi ham to’xtaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ushbu usul orqali siz maqola yozishni o’rganasiz va kelajakda o’z internet saytingizni ishga tushurishingiz va o’zingiz uchun maqolalar yozishingiz mumkun bo’ladi. Agar siz rus tilidan ko’ra ingliz tilidan yaxshiroq yoza olsangiz boshqa birjalardan foydalanishingiz mumkun va albatta o’zbek tilidagi maqolalarga ham so’nggi paytlarda talab oshib bormoqda.

 

Frilans birjalarida pul topish

Frilans (ingliz tilidan. Freelance) birjalari – bugungi kunda ko’plab frilans birjalari mavjud, quyida ulardan ba’zilarini sanab o’tamiz:

RUNETDA

  1. https://fl.ru
  2. https://weblancer.net
  3. http://free-lance.ru

JAHONDA

  1. https://freelancer.com
  2. https://upwork.com

ushbu birjalar orqali siz quyidagi yo’nalishlarda buyurtmalar olishingiz mumkun (2-rasm):

2 – rasm. weblancer.net saytidan

 

Youtube Kanal ochish orqali pul ishlash

Internetda pul topishning yana bir usuli bu youtube videohostingida shaxsiy kanalingizni ochib turli tuman foydali yoki ko’ngilochar videolar joylashtirishingiz mumkun, videolaringizning sifatiga qarab obunachilaringiz soni oshib boradi. Obunachilaringiz soni bir necha ming kishini tashkil qilganda kanalingizda reklama joylashtirib pul ishlashingiz mumkun.

Share This:

0
1

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar