Qanday qilib hamma ishga ulgurish mumkin?

Umr qisqa va har bir inson bu hayotda iloji boricha ko’proq ishlarga ulgurishga harakat qiladi. Lekin nega ko’pchilik rejalashtirgan ishlarini qilishga ulgurmaydi va doim shoshib yuradi?

Quyida hamma narsaga ulgurish uchun yordam beradigan 6 ta maslahatni keltirib o’tamiz:

  1. Kuningizni rejalashtiring – uxlashingizdan oldin ertangi kuningiz tartibini rejalashtiring. Bugungi kunda deyarli hammada mobil telefon va smartfonlar mavjud, «Блокнот» ga kun davomida qilishingiz kerak bo’lgan barcha ishlarni iloji boricha vaqti bilan yozib chiqing.
  2. Tuzulgan rejadan chetlashmang – kunni rejalashtirishning o’zi yetarli emas, asosiysi va eng qiyini unga amal qilish. Har 1.5-2 soatda rejangizni tekshirib turing, agar rejadan chetlashgan bo’lsangiz yo’qotilgan vaqtni tiklashga harakat qiling. Unutmang reja bu eng asosiysi agar unga rioya qilinmasa butun umringiz tartibsizlikda o’tib ketadi.
  3. Harakatni 1 soat olding boshlang – agar biror joyga borishingiz kerak bo’lsa harakatni 1 soat oldin boshlang, vaqt siz o’ylaganingizdek ko’p emas. «Yana 10 daqiqa uxlab olaman hali vaqt ko’p», «filmni ko’rib olishga ham ulguraman 5-10 daqiqa hech narsani o’zgartirmaydi» degan fikrlardan yiroq bo’ling.
  4. Rejadan chalg’imaslikka harakat qiling – bugungi kunda e’tiborni chalg’itadigan omillar ko’p: facebook, instagram, telegram yoki mobil telefoningizda bo’ladigan qo’ng’iriqlar. Bunday holatlarda eng asosiysi rejaligini unutmang, chalg’ib ketganingizni sezgan zahoti rejaga qayting va yo’qotilgan vaqtni tiklashga harakat qiling;
  5. Bugungi ishni ertaga qo’ymang – hamma ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qiling. Bugun yoqmagan ish ertaga ham yoqmaydi shuni unutmang.
  6. Uydan vaqtida chiqing – rejalashtirilgan uchrashuvga yoki ishga borish uchun uydan chiqishdan oldin biror ish boshlagan bo’lsangizu uni tugatishga ulgurmasangiz unda shu holda qoldiring chunki u butun kunlik rejalaringizni buzib yuboradi, avval ishga kechikib kelasiz keyin ishdagi vazifalaringizni bajarishga ulgurmaysiz keyin keyin va hokazo.

Share This:

1
0

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar