windows 10 da yangilanishni (update) o’chirib qo’yish

Windows 10 operatsion sistemasi ancha ommalashib bo’ldi. Ammo bu sistema o’rnatilgan kompyuter orqali internetga ulanish vaqtida windows 10 ning avtomatik yangilanish tizimi ishga tushadi. Bu esa internet resurslarini sarfini oshiribgina qolmay kompyuterning sekinlashishiga ham olib keladi. Eng yomoni windows 10 avtomatik yangilash uchun juda ko’p internet resurslarini sarflab yuborishi mumkin. Bu esa cheksiz internet xizmatidan foydalanmaydiganlar uchun katta muammoga aylanishi shubxasiz.

Buning yechimi oson, shunchaki windows 10 ning barcha avtomatik yangilanish buyruqlari hamda yangiliklarni avtomatik tarzda yuklash tizimlarini o’chirib qo’yish yetarli. Xosh buning uchun qanday amallar bajariladi?

1. Eng avval kompyuterni internetdan uzing. Keyin Пуск  tugmasi ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va Выполнить bo’limi tanlang. Hosil bo’lgan oynaga services.msc buyrug’ini yozib, «OK» tugmasini bosing. Службы oynasi ochiladi.

Bu oynadan Центр обновления Windows bo’limini topib, ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing. Sizga Свойства: Центр обновления Windows oynasi ochladi.

Bu oynadan Тип запуска bo’limini Отключена ga o’zgartirib qo’ying. Состояние bo’limidan Остановить tugmasini bosing.

2. Пуск  ga kirib Параметры  bo’limiga kirasiz. Параметры oynasi ochiladi. Bu oynadan Обновление и безопасность  bo’limiga kirasiz. 

Bu oynadan Дополнительные параметры bo’limini topib unga kirasiz. Agar sizning kompyuteringizda windows 10 pro versiyasi o’rnatilgan bo’lsa, u holda отложить получение обновлений компонентов bo’limini belgilab  qo’ying. Bu bo’lim bo’lmagan taqdirda keyingi qismga o’tib ketavering.

3. Yuqoridagi oynadan Параметры конфиденциальности bo’limini tanlang. Yangi ochilgan oynadagi barcha bo’limlarni o’chirib  qo’ying.

Mover.uz

YouTube.com

Savollaringiz mavjud bo’lsa yoki keyingi maqolalarni qaysi mavzuda bo’lishini istasangiz kommentariya qilib qoldirishingiz mumkin.

Share This:

1
0

Отправить ответ

3 Fikr "windows 10 da yangilanishni (update) o’chirib qo’yish"

avatar
Saralash:   eng yangi | eng eski | reyting
CHUCK NORRIS
Guest

Ишиларга омад!

admin
Admin

Рахмат, фойдамиз текганидан хурсандмиз!!!

Xurshid
Guest

Raxmat foydasi tegdi, sizlarga omad!!!